Yangi ozbek alifbosi

Yangi alifboni birga oʻrganamiz va joriy qilamiz

Alifbomiz.uz — yangi ozbek lotin alifbosini (Ö, Ğ, Ş, Ç) targʻib qiladigan sayt. Bu yerda kompyuter va telefoningizga yangi klaviaturani oʻrnatish boʻyicha qoʻllanmalar, video darsliklar, klaviatura va stikerlar, shuningdek kirill va eski lotin matnini yangi alifboga oʻgiradigan konverter jamlangan.

Yangi ozbek lotin alifbosi

28 ta harf va tutuq belgisi ( ʼ ). Sariq rangda Ў → Ö, Ғ → Ğ, Ш → Ş, Ч → Ç harflari yangi harflar sifatida alifboga qoʻshilgan.

Manba: 2026-yil 21-oktabrda imzolangan qonun; 2027-yil 22-aprelda kuchga kiradi.

Konverter

Kirill yoki eski lotin matnini joylang — til avtomatik aniqlanadi va yangi alifboga oʻgiriladi.

Rejim: —  

Eski .doc fayllarini avval Word dasturida .docx formatida saqlang.

Yangi harflarni yozish

Yangi klaviatura oʻrnatilgach, toʻrtta yangi harf “P” va “L” harflarining oʻng tomonidagi tugmalarda joylashadi.

Katta harflar

Katta harflar (Shift bosilgan holda)

Kichik harflar

Kichik harflar

  • Ö ö — “P” harfining oʻng yonidagi birinchi tugma
  • Ğ ğ — “P” harfining oʻng yonidagi ikkinchi tugma
  • ʼ (tutuq belgisi) — “P” harfining oʻng yonidagi uchinchi tugma
  • Ş ş — “L” harfining oʻng yonidagi birinchi tugma
  • Ç ç — “L” harfining oʻng yonidagi ikkinchi tugma

Kompyuter (Windows)

Windows uchun yangi ozbek klaviaturasini oʻrnatish.

Qoʻllanma

  1. Klaviatura dasturini yuklab oling.
  2. Arxivni oching va Uzb new latin-installer.exe faylini ishga tushiring.
  3. Tillar sozlamasida UZB (Uzbek Latin 2026 (Classic), Узбекский (латиница)) hosil boʻladi.
  4. Klaviaturalar tilini Windows + Space (Пробел), Shift + Alt yoki Ctrl + Shift tugmalarini birga bosish orqali almashtiring.
Dasturni yuklab olish

Video darslik

Telefon (Android)

Android uchun yangi ozbek klaviaturasini oʻrnatish.

Qoʻllanma

  1. Ilovani Google Play yoki APK orqali oʻrnating.
  2. Tizim sozlamalaridan 'Uzbek keyboard'ni faollashtiring.
  3. Asosiy klaviatura sifatida 'Uzbek keyboard, Özbek (+ENG+ЎЗБ+RUS)'ni tanlang.
  4. Ilova interfeysini oʻzingizga qulay alifboga oʻtkazishingiz hamda tugmalar bosilganda tovush va vibratsiyani yoqish yoki oʻchirishingiz mumkin.
Google Play APK yuklash

Video darslik

Klaviatura, stikerlar va lazer xizmati

Yangi harflarni bevosita tugmalarda koʻrish uchun.

Yangi klaviaturalar

Ö, Ğ, Ş, Ç harflari bosilgan tayyor klaviaturalar.

Doʻkonlar roʻyxati

Harf stikerlari

Mavjud klaviaturangizga yopishtiriladigan yangi harf nakleykalari.

Stiker buyurtma qilish

Lazerda chizish

Klaviaturangizga yangi harflarni lazer yordamida chizib berish xizmati.

Xizmat haqida